Skip to Content

“New Stars – Tashkent” xalqaro ko‘rik-tanlovida yutuqlar

2025-yil 8–9–10-yanvar kunlari Toshkent shahrida “Art & Music Planet” ijodiy loyihasi hamda Qirg‘iziston Respublikasining “Kairat Kyrgyz” xalqaro ijodiy markazi hamkorligida “New Stars – Tashkent” xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Nishon tuman 13-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etib, bir qator faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Baxshichilik, xonandalik, xoreografiya, tasviriy san’at va xalq cholg‘ulari yo‘nalishlaridagi o‘quvchilar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Yutuqlarimiz

Bir nechta yo‘nalishlarda g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar, shuningdek xalqaro grant sohiblari yetishib chiqdi.

Xalqaro ijodiy hamkorlik

Mazkur ko‘rik-tanlov yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sahna tajribasini oshirish va xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Xalqlar do‘stligi – birlik va hamjihatlik tantanasi

Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayramda maktabimiz jamoasi milliy musiqa, san’at va ijodiy chiqishlari orqali yurtimizdagi birlik va hamjihatlik ruhini namoyish etdi. O‘quvchilarimizning sahnadagi ishtiroki tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

Texnikumdagi muhim tadbirlar

Maktabimiz faoliyatidagi asosiy uchrashuvlar, tashriflar va yutuqlar bilan tanishing

Madaniyat vazirligi rahbariyati tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Baxadirovich xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, hududdagi madaniyat muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda rahbarlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Madaniyat vazirligi vakillari hamda madaniyat muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv jarayoni.

Malaka oshirish kurslari yakuni va sertifikat topshirish marosimi

Viloyat madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan tuman (shahar) madaniyat bo‘lim mudirlari hamda bolalar musiqa va san’at maktabi direktorlari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikat topshirish marosimi.